Biz sizga befarq emasmiz...
Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi ana shunday shior bilan saxovatpesha tadbirkorlar koʻmagida vohadagi 1000 ta kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilaga begʻaraz yordam koʻrsatish tashabbusi bilan chiqdi.
Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi ana shunday shior bilan saxovatpesha tadbirkorlar koʻmagida vohadagi 1000 ta kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilaga begʻaraz yordam koʻrsatish tashabbusi bilan chiqdi.

Koronavirus infeksiyasi tufayli dunyo ahli jiddiy sinovdan oʻtayotgan shu kunlarda mamlakatimizda saxovatpesha insonlar ehtiyojmand oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlab, ularga yordam qoʻlini choʻzmoqda. Joylarda tashkil etilgan “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaz”lari orqali yetkazib berilayotgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari ularning bugungi sinovli kunlarni yengib oʻtishiga yaqindan koʻmaklashmoqda.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi ham “Biz sizga befarq emasmiz” shiori ostida uyushtirgan xayriya tadbirida oziq-ovqat mahsulotlarini vohadagi mingta kam taʼminlangan oilaga “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaz”lari orqali sanitariya-gigiyena talablari asosida yetkazib berishni rejalashtirgan. Shunga muvofiq bu tashabbusga bosh qoʻshayotgan sahovatpesha tadbirkorlarga minnatdorlik bildirib, viloyatning Sariosiyo va Oltinsoy tumanlaridagi 206 ta kam taʼminlangan yordamga muhtoj oilaga bir qopdan un, oʻsimlik yogʻi, kartoshka, piyoz, guruch, sabzi, tuxum kabi oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.
Muqaddas Ramazon oyi arafasida boshlangan mazkur tadbir viloyatning boshqa tumanlarida ham oʻtkaziladi.