Birlashgan Arab Amirliklari dagi osmonoʻpar binolar
Oʻtgan yilning mart oyida xizmat safari bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlgan edik.
Oʻtgan yilning mart oyida xizmat safari bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlgan edik. U yerda fargʻonalik oʻzbek yigiti Baxtiyor Xalilov bilan uchrashib qoldik.
B.Xalilov jahonning eng baland binosi – Burch Xalifada ishlaydi. U bilan shu binoda tanishdik. Hamyurtimizning u yerdagi faoliyati bizni qiziqtirib qoʻydi.
Baxtiyor Burch Xalifa binosida sepervayzer, yaʼni yuqori martabali mehmonlarni ekskursiya qildirishga masʼul shaxslardan ekan. Hamyurtimiz bizni bino boʻylab sayohatga taklif etar ekan, uning tarixi haqida qisqacha maʼlumot berdi.
Burch Xalifaning umumiy balandligi 828 metr, 450 qavatdan iborat. Binoda 900 ta xona, 57 ta tezyurar lift, bir nechta restoran, basseynlar mavjud. Yuqori qavatlardan qaraganda shahar kaftdek koʻrinadi. Yon-atrof goʻzalligi esa kishini lol qoldirmay qoʻymaydi.