Bir kunga metro hamma uchun bepul bo‘ladi
2023 yil 31 dekabr sanasida Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, tashkilot 31 dekabr kungi ish jadvalini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, barcha metro bekatlari 31 dekabr soat 5:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida (2023 yil 30 dekabr, 2024 yil 1-2 yanvar) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.
Sardorbek Poyonov,O‘zA