Bilimli yoshlar rag‘batlantirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumanida o‘quv yilini yuqori natijalar va a’lo baholar bilan yakunlagan iqtidorli o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
Tumandagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tashabbusi bilan 49 nafar bilimli va tirishqoq o‘quvchiga yangi o‘quv yili arafasida maktab sumkalari hamda zarur o‘quv qurollaridan iborat to‘plamlar sovg‘a qilindi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari I. Xoliqov ishtirok etib, yoshlarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. O‘quvchilarga ta’limda erishgan yutuqlarini yanada mustahkamlash, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi.
[gallery-31046]
Bunday e’tibor va rag‘bat yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni yangi marralar sari intilishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi o‘quv qurollari esa o‘quvchilar uchun o‘qish jarayonini yanada mazmunli va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olgan yoshlar kelgusida ham yaxshi natijalarga erishish, o‘z bilim va iqtidorini namoyon etishga intilishini ta’kidladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA