Beshta tashabbus — beshta imkoniyat karvoni
Tadbir doirasida ushbu jihozlar poytaxt umumtaʼlim maktablariga yetkazib beriladi.
Poytaxtimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi doirasida “5 ta tashabbus — 5 ta imkoniyat karvoni” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 10-may kuni poytaxtimizning Uchtepa tumaniga tashrifi doirasida bergan koʻrsatmalari asosida “Maʼnaviyat karvoni” tashkil etilgan edi.


Oʻtgan vaqt mobaynida Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh poytaxtdagi 307 ta umumtaʼlim maktabining moddiy-texnik imkoniyatlarini oʻrgandi. Ishchi guruh xulosasi asosida umumtaʼlim maktablarida 5 ta muhim tashabbusni yanada jadal amalga oshirish uchun 200 ming kitob, 340 ta tikuv mashinasi, 100 ta qandolat pishirish pechi, 170 ta kompyuter, 700 ga yaqin musiqa asbobi, qariyb 2700 ta sport anjomi, 622 ta gimnastika gilami xarid qilish uchun shahar hokimligi tomonidan mablagʻ ajratildi.
Tadbir doirasida ushbu jihozlar poytaxt umumtaʼlim maktablariga yetkazib beriladi.

