Beshta tashabbus amalda: “Kitoblar karvoni“ maktablarga yoʻl oldi
Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan “Kitoblar karvoni“ tadbiri oʻtkazildi.
Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan “Kitoblar karvoni“ tadbiri oʻtkazildi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbir umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini kitobxonlikka daʼvat etish, ularning manaviyatini yuksaltirish va yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib etishga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatli boʻldi.
–Davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi S.Salomov. – Shunga muvofiq Yangi yilning ilk kunlaridan oʻquvchi-yoshlar uchun munosib sovgʻa hozirlab, talim muassasalariga topshirmoqdamiz. Zero, kitob oʻqigan insonning maʼnaviyati yuksak, fikri teran boʻladi.
Tadbir tashkilotchilari tuhfa qilgan 50 ming dona 55 turdagi oʻzbek va jahon adabiyotining nodir asarlari va boshqa kitoblar umumtalim maktablariga teng taqsimlandi.
“Kitoblar karvoni“ xalq talimi vakillari hamrohligida vohadagi 921 ta maktab kutubxonalariga topshirish uchun belgilangan manzil tomon yoʻl oldi.