«Besh tashabbus olimpiadasi»da armrestling bahslari o‘tkazildi
Namangandagi sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan «Barkamol avlod» sport majmuasida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida armrestling bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada viloyatdagi mahallalar yoshlarining 16 ming 29 nafari ishtirok etdi, so‘nggi hal qiluvchi final bosqichiga 56 nafari yetib keldi. Armrestling bellashuvlarining ilk kunida 55, 65, 75, +75 kilogramm vazn toifalarida o‘zaro raqobatlashildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Ne’matulla O‘rinov (Uchqo‘rg‘on tumani), Asilbek Abdurahmonov (Davlatobod tumani), Oybek Sayfiddinov (To‘raqo‘rg‘on tumani), Bunyod Komiljonov (Pop tumani) o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal va diplom bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘ajev, O‘zA