"Besh tashabbus olimpiadasi" g‘oliblari taqdirlandi
Samarqand shahridagi “Afrosiyob arena” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida yengil atletika bo‘yicha bahslarning respublika bosqichi yakunlandi.
Ikki kun davom etgan musobaqa natijasiga ko‘ra, 16-21 yosh toifasida xotin-qizlar o‘rtasida Samarqand viloyati Paxtachi tumani Bog‘oloni mahallasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yigitlar o‘rtasidagi bahsda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Chorshanba mahallasi yoshlariga teng keladigani topilmadi.

22-26 yosh toifasidagi bellashuvlarda ham qashqadaryolik xotin-qizlar birinchi bo‘ldi. Yigitlar bahsida esa g‘oliblik xorazmlik yoshlarga nasib etdi.
27-30 yoshlilar o‘rtasidagi bahsda navoiylik xotin-qizlar, erkaklar bellashuvida andijonlik yoshlar jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.


G‘.Hasanov,
A.Isroilov (surat), O‘zA