Berdiyarov O‘ktam Mengto‘rayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Parafinlar asosida alifatik aminlar olish texnologiyasi, xossalari va qo‘llanilishi» mavzusida
Berdiyarov O‘ktam Mengto‘rayevichning «Parafinlar asosida alifatik aminlar olish texnologiyasi, xossalari va qo‘llanilishi» mavzusidagi 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasining himoyasi Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 27 fevral soat 9:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 32-uy. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ma’muriy binosi, 2-qavat, anjumanlar zali.
Tel.: (99871) 244-79-20, faks: (99871) 244-79-17;
e-mail: tkti_info@edu.uz