Beltov – obod ovul (fotoreportaj)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanidagi “Beltov” ovul fuqarolar yig‘ini tuman markazidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Joriy yil hududda “Obod qishloq” dasturi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Ovul fuqarolar yig‘ini idorasi, Madaniyat markazi, qishloq shifokorlik punkti, maktabgacha ta’lim muassasasi kapital ta’mirlandi. Hudud bo‘ylab yangi quvurlar tortilib, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Ko‘chalarga qum-shag‘al aralashmasi va qora qoplama yotqizildi. Ko‘cha va xiyobonlar, yo‘laklar, ariq bo‘ylari tartibga keltirildi. Elektr energiya tarmog‘i yangilanib, transformator o‘rnatildi.
[gallery-6933]
Aholining tomorqa yerlardan samarali foydalanishi, xususan, dehqonchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishi uchun qulay muhit yaratildi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat), O‘zA