Behruz Karimov jamoasi chempionlikni hech kimga berish niyatida emas
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov to‘p surayotgan “Lugano” safarda chempionatning kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan “Bazel” mehmoni bo‘ldi.
Shveysariya Superligasining 7-turida “Lugano” safarda “Bazel”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Tanaffusdan so‘ng, 47-daqiqada Metino mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq 59-daqiqada Yanis Siminyani hisobni tenglashtirdi. Bahsning so‘nggi qismida Uran Bislimi va Ahmad Kendukining gollari “Lugano”ga g‘alaba keltirdi.
Behruz Karimov uchrashuvni yarim himoya chizig‘ida to‘liq o‘tkazdi. Uning harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 6.6 ball bilan baholandi.
Bu g‘alabadan keyin “Lugano” 6 uchrashuvda 18 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa UYEFA Konferensiyalar ligasidagi ishtiroki sababli chempionatda bitta kam o‘yin o‘tkazgan. “Yang Boyz” esa 7 bahsdan keyin 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA