Bayramona shukuhni ko‘rdim
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Qozog‘iston Respublikasi parlament majlisi deputati Faxriddin Qoratoevdan O‘zA muxbiri intervyu oldi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Qozog‘iston Respublikasi parlament majlisi deputati Faxriddin Qoratoevdan O‘zA muxbiri intervyu oldi:
– O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylov jarayonlarini bevosita kuzatish, yuzu ko‘zlarida o‘zgacha shukuh va qiziqish ila o‘z vakilini tanlashga kelayotgan eldoshlarim bilan dildan suhbat qurish baxti nasib etganidan behad xursandman. Nafaqat men, o‘nlab xorijiy kuzatuvchilar guvoh bo‘ldikki, mamlakatingizda fuqarolarning saylov huquqidan erkin foydalanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, hatto bu tadbir bayramona tus oldi, desam mubolag‘a emas. Saylov jarayonlarida odamlarning ruhiyatidagi ko‘tarinkilik, erkinlik, yangilanishga bo‘lgan ishtiyoq, o‘zgarish yaqqol sezilib turdi.
Bevosita saylov jarayoniga to‘xtaladigan bo‘lsam, Toshkent shahar, Mirobod, Shayxontohur tumanlarida tashkil etilgan bir nechta saylov uchastkalarida bo‘lib, fuqarolarning ovoz berishdagi ishtirokini, saylov komissiyasi, ishonchli vakillar faoliyatini kuzatdim.
Yana bir muhim hujjat, O‘zbekistonda ilk bor yangi Saylov kodeksi qabul qilindi. Bu galgi siyosiy tadbir ushbu hujjatga muvofiq, ochiq va oshkora tarzda bo‘ldi. Ishonch bilan aytish mumkinki, xalqingiz saylovni yuqori kayfiyatda, o‘z taqdiriga befarq bo‘lmagan holda, o‘z fikriga sobit tarzda o‘tkazdi. O‘ylaymanki, saylangan deputatlar, kelgusida xalq ishonchini oqlaydi.