Bayram munosabati bilan sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi
Navoiyda 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Konstitutsiyamizning hayotdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga huquqiy zamin bo‘lib xizmat qilib kelayotgan bir guruh soha xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-337]
Shuningdek, “Sardoba” suv omborida sodir bo‘lgan tabiiy ofat tufayli sirdaryolik yurtdoshlarimizga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishdagi faolligi va tashabbuskorligi, hududda olib borilgan obodonlashtirish hamda bunyodkorlik ishlaridagi munosib ishtiroki va pandemiya davrida aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash yo‘lidagi ko‘rsatgan xizmatlari uchun “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Siroj ALONOV (surat), O‘zA