Bayram Begay Yangi O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni e’tirof etdi
Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay Samarqandga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov hamrohligida Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasi, Mirzo Ulug‘bek muzey-rasadxonasida bo‘ldi.
Bu tarixiy obidalar bilan tanishuv chog‘ida oliy martabali mehmonga ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyati, Samarqandning insoniyat sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rni va ayni paytda yurtimizda tarixiy-madaniy yodgorliklarni asrab-avaylash borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.



Albaniya Respublikasi Prezidenti Samarqand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrifi davomida bu yerda namoyish etilgan milliy hunarmandlik mahsulotlari va xalq amaliy san’ati namunalarini tomosha qilib, boy tarixga ega Yangi O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev yetakchiligida taraqqiyotning muhim bosqichiga chiqqanini e’tirof etdi.
Albaniya Prezidenti Bayram Begay Samarqanddan Toshkentga jo‘nab ketdi.





G‘. HASANOV, A. ISROILOV (surat), O‘zA muxbirlari