"Bavariya" sport direktori Serj Gnabrining holati haqida gapirdi
Gnabri yana necha yil faoliyat olib borishini bilmayman, lekin bu u uchun so‘nggi mundial bo‘lishi ham mumkin.
Myunxenning "Bavariya" klubi sport direktori Maks Eberl jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqqan Serj Gnabri haqida gapirdi. Shu bilan birga, uning mundialni o‘tkazib yuborishini istisno qildi.
"Serj juda xotirjam, lekin albatta hafsalasi pir bo‘lgani rost. U 30 yoshda va unda atiga bitta jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati bor bo‘lishi mumkin. Gnabri yana necha yil faoliyat olib borishini bilmayman, lekin bu u uchun so‘nggi mundial bo‘lishi ham mumkin. Biroq u Germaniya terma jamoasi uchun kerakli futbolchi", - dedi Eberl.
Ma’lumot uchun, Gnabri Germaniya milliy terma jamoasi safida 2016-yildan buyon o‘ynab keladi va 59ta uchrashuvda maydonga tushib, 26ta gol va 11ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.