«Barselona» Rodri uchun yangi taklif tayyorlamoqda
Avvalroq ispaniyalik futbolchi «Barselona» bilan to‘rt yillik shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Manchester Siti» «Barselona»ning yarim himoyachi Rodri transferi bo‘yicha yuborgan dastlabki taklifini rad etdi. Shunga qaramay, Kataloniya klubida vaziyat xotirjam qabul qilinmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» vakillari, futbolchining o‘zi va «Manchester Siti» transfer yaqin vaqt ichida yakunlanishiga ishonmoqda.
Kataloniyaliklar 30 yoshli jahon va Yevropa chempioni uchun yangi taklif yuborishga tayyorlanmoqda.
Rodrining o‘zi ham «Manchester Siti» rahbariyatiga klubni tark etib, faoliyatini «Barselona»da davom ettirish istagini hurmat bilan ma’lum qilgan.
Avvalroq ispaniyalik futbolchi «Barselona» bilan to‘rt yillik shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kataloniya klubi Rodri uchun 45 million yevro taklif qilgan, biroq «Manchester Siti» futbolchi transferidan 75 million yevro olishni istamoqda.
Rodri 2019-yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda.