Barchasi talaba va yoshlar uchun
Urganch RANCH texnologiya universitetining yangi kampusi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirok etib, zamonaviy standartlar asosida barpo etilgan va jihozlangan yangi kampus universitetda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada yuqori bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 10 million AQSH dollar miqdorida investitsiya jalb qilindi. E’tiborga molik jihati, yangi bino uchun zarur temir konstruksiyalar, mebel jihozlari chetdan xarid qilinmasdan, universitet ta’sischisi bo‘lgan “Urganchkormmash” AJ ning o‘zida ishlab chiqarilishi natijasida ancha mablag‘ tejab qolindi. Universitetning yangi kampusi ishga tushishi bilan 16 ming nafar talabaga sifatli ta’lim berish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, bu yerdagi fakultet va kafedralar soni oshirilib, yo‘nalishlar soni 36 taga yetkaziladi. Yangi barpo etilgan talabalar turar joyi 400 o‘ringa mo‘ljallangan. Kelgusida 50 milliard so‘m mablag‘ evaziga yana bir talabalar turar joyi qurilishi rejalashtirilgan.
[gallery-22595]
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat),
O‘zA muxbirlari