Barçamizni yagona Vatan tuyğusi atrofida birlaştiradi
Har bir mustaqil davlatning özligini, milliy qadr-qimmatini va jahon hamjamiyatidagi örnini namoyon etuvçi muqaddas ramzlari bölib, ana şu ramzlar orasida Davlat bayroği alohida örin tutadi
Çunki unda xalqning tarixi, orzu-intilişlari, buguni va kelajakka bölgan işonçi mujassam. 1991-yil 18-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining qabul qilinişi mamlakatimiz tarixidagi muhim voqealardan biri böldi. Bu tarixiy sana xalqimizning asriy orzusi — erkin va mustaqil davlat barpo etiş yölidagi intilişlari röyobga çiqqan davrning yorqin ifodasidir. Bugun bayroğimiz jahonning turli burçaklarida hilpirar ekan, u butun dunyoga Özbekistonning mustaqil davlat sifatidagi qiyofasi, salohiyati va milliy ğururini namoyon etadi.
Bayroğimizdagi har bir rang va ramz çuqur maʼno-mazmunga ega. Moviy rang musaffo osmon va obihayotni, oq rang tinçlik va poklikni, yaşil rang esa tabiat va yangilanişni ifodalaydi. Qizil çiziqlar hayotbaxş kuç va tiriklik timsoli bölsa, yarim oy va yulduzlar tarixiy anʼanalarimiz, ezgu niyatlarimiz hamda yoruğ kelajakka intilişlarimizni aks ettiradi. Uşbu ranglar uyğunligida xalqimizning tinçlik, osoyiştalik, farovonlik va taraqqiyotga bölgan ezgu maqsadlari namoyon böladi.
Davlat bayroğining qadri, avvalo, uning xalq qalbidagi örni bilan belgilanadi. Uni körganimizda qalbimizda faxr va iftixor tuyğusi uyğonadi. Özimizni şu yurtning farzandi, uning taqdiri va kelajagiga daxldor inson sifatida his etamiz. Ayniqsa, xalqaro musobaqalarda sportçilarimiz ğalaba qozonganida, ilm-fan, madaniyat va boşqa sohalarda yurtimiz vakillari erişgan yutuqlar şarafiga bayroğimiz kötarilganida bu tuyğu yanada kuçayadi. Çunki bayroğimiz bilan birga xalqimizning orzu-umidlari, mehnati va intilişlari ham yuksaladi.
Bayroqqa hurmat Vatanga hurmatdir. Unga ehtirom körsatiş har bir insonning öz yurtini seviş, uning qonunlari va qadriyatlarini hurmat qiliş, tinçligi va taraqqiyotini qadrlaş, mamlakat ravnaqi uçun sidqidildan mehnat qilişda namoyon böladi. Davlat ramzlariga hurmat tuyğusi inson qalbida çuqur ildiz otişi lozim. Çunki öz bayroğini qadrlagan inson öz tarixini, milliy özligini va xalqining qadr-qimmatini ham qadrlaydi.
Mening nazarimda, bayroğimizning eng buyuk qudrati barçamizni yagona Vatan tuyğusi atrofida birlaştira olişidadir. Uning ostida biz bir xalqmiz, bir yurt farzandlarimiz va umumiy kelajak uçun masʼulmiz. Ana şu birlik va hamjihatlik mamlakatimizning eng katta boyligidan biridir.
Mazkur sana har birimiz uçun mustaqillik qadrini, davlat ramzlariga bölgan munosabatimizni va Vatan oldidagi masʼuliyatimizni yana bir bor anglaş, ardoqlaş tuyğusini beradi. Tilagimiz, bayroğimiz doimo tinç osmonlar ostida hilpirab, xalqimizning birligi, yurtimizning osoyiştaligi, yoşlarimizning orzu-umidlari va yangi Özbekistonimizning yoruğ kelajagi timsoli bölib, jahon uzra hamişa baland kötarilaversin.
Janar Aliyeva,
Xalq deputatlari Çimboy tuman Kengaşi deputati
ÖzA