Bank va moliya sohasining ilmiy asoslari tahlil qilindi (+video)
Bank-moliya akademiyasida “Fintex va sun’iy intellekt davrida barqaror moliya: bank va moliya tizimlarining kelajagini o‘zgartirish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Aytish kerakki, Respublika Bank-moliya akademiyasi o‘tgan o‘ttiz yillik faoliyati davomida mamlakatimizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va moliya tizimi uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar yetishtirishda muhim o‘rin egallab kelmoqda.
Konferensiyada mahalliy va xorijiy ekspertlar, yetakchi olimlar, xalqaro universitetlarning vakillari, davlat tashkilotlari mas’ul xodimlari hamdayosh tadqiqotchilar ishtirok
etdi. Tadbirda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish, xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalar va akademik almashinuvlarni rivojlantirish orqali milliy ta’lim tizimining raqobatbardoshligini yanada oshirish mumkinligi qayd etildi.
Mazkur konferensiya akademiyaning 30 yillik yubileyi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, u nafaqat erishilgan natijalarni sarhisob qilish, balki yangi strategik yo‘nalishlarni belgilab olishga xizmat qiladi.
Anjumanda xalqaro ekspertlar tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilindi. Jumladan, Indoneziya universiteti professori o‘z so‘zida rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda raqamli moliya xizmatlarining aholi farovonligiga ta’siri va fintex yechimlar orqali moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish mexanizmlarini tahlil qildi. Koreyaning Xandong global universiteti doktori esa raqamli transformatsiya sharoitida innovatsion menejment strategiyalari va biznes jarayonlarini qayta shakllantirish masalalarini yoritdi.
Shuningdek, Malayziya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya universitetlari olimlarining ham sohaga doir ma’ruzalari tinglandi. Kunning ikkinchi yarmida anjuman doirasida PhD tadqiqotchilari ishtirokida ilmiy sessiya tashkil etildi. Mazkur tadbir yosh olimlarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, innovatsion g‘oyalar va amaliy takliflarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Unda zamonaviy iqtisodiyotning eng dolzarb yo‘nalishlarini qamrab olgan ma’ruzalar taqdim etildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/IuY-h8H8nNE?si=kSJP5UyoUzaxMitV" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA