Balogardon nomi bilan mashhur alloma (+video)
Allomalarimiz haqida 10 ta fakt
“Allomalarimiz haqida 10 ta fakt” loyihasining bu galgi sonida Bahouddin Naqshband haqidagi muhim ma’lumotlarni e’tiboringizga taqdim etamiz.
1) Bahouddin Naqshband 1318 yilda Buxoroning Qasri Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan.
2) Allomaning birinchi ustozi Xoja Muhammad Samosiy hisoblanadi.
3) U “Dil ba yoru, dast ba kor” shioriga amal qilib, matoga naqsh solish ishi bilan shug‘ullangani uchun Naqshband deb atalgan.
4) Alloma islom olamida Balogardon, Xojayi Buzrug, Shoh Naqshband nomlari bilan mashhurdir.
5) Bahouddin Naqshbandning tasavvuf ta’limotiga oid 10dan ortiq asari mavjud.
6) Alloma Qur’on, hadis, fiqh, aqida va tasavvuf kabi ilmlarni o‘n to‘qqiz yil davomida mukammal o‘rgangan.
7) Bahouddin Naqshband ma’rifatli bo‘lishning bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan 20 ta usulini amaliyotga tatbiq etgan.
8) Allomaning naqshbandiya ta’limoti asosida Movarounnahrda ahroriya va dahbediya, Hindistonda mujaddidiya va shamsiya, Xurosonda islomiya kabi tariqat tarmoqlari shakllangan.
9) Bahouddin Naqshband qo‘l ostida 10 mingdan ortiq tasavvuf namoyandasi ta’lim olgan.
10) Alloma 1389 yilda o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqda vafot etgan.
<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/qPYhpuniM1k" title="Balogardon nomi bilan mashhur alloma" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi mazkur loyiha sun’iy intellekt yordamida “O‘zbekiston tarixi” telekanali bilan birgalikda tayyorlandi.
M. Komilova,
A.Ahmedov (video), O‘zA