Ballistik raketa sinovdan oʻtkazildi
AQSH harbiy havo kuchlari navbatdagi qitʼalararo ballistik raketa – “Minuteman III”ni sinovdan oʻtkazdi, deyiladi “FoxNews” maʼlumotida.
AQSH harbiy havo kuchlari navbatdagi qitʼalararo ballistik raketa – “Minuteman III”ni sinovdan oʻtkazdi, deyiladi “FoxNews” maʼlumotida.
Kaliforniya shtati janubidagi Vandenberg bazasidan uchirilgan raketa sinovi muvaffaqiyatli boʻlib, moʻljaldagi nishonga tekkani aytilgan. Sinovning batafsil tafsilotlari keltirilmagan. Shu yilning aprelida “Minuteman III”ning ilk sinovi ham muvaffaqiyatli boʻlgan, raketaning avgustdagi ikkinchi sinovi kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan anomal ob-havo tufayli qoldirilgandi.
Maʼlumot uchun, “Minuteman” aslida dastlab sovuq urush davrida SSSRni yadroviy jihatdan jilovlab turishga moʻljallangan.