“Balkan” turnirida bokschi qizlarimiz g‘olib
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan XIII "Balkan" xalqaro turniri mamlakatimiz sportchilari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur nufuzli musobaqada Elshod Rasulov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medaliga musharraf bo‘lib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Yurtimizning iste’dodli bokschi qizlaridan Aziza Yoqubova va Mavluda Mavlonova oltin, Farzona Fozilova, Feruza Kazakova, Nigina O‘ktamova, Xadichabonu Abdullayeva, Navbahor Hamidova kumush, Sitora Turdibekova esa bronza medallariga ega chiqqanligi o‘ziga xos voqelik bo‘ldi.
Yana bir e’tiborli holat. Mazkur turnirda hakam sifatida faoliyat yuritgan hamyurtimiz Shayxnazar Karimov musobaqaning eng yaxshi hakamlari sifatida qayd etildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA