Bahrom Abduhalimov Raqamli texnologiyalar markazida bo‘ldi
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimov Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvidan so‘ng Marg‘ilon shahridagi viloyat 2-son tumanlararo ftiziatriya dispanserida bo‘lib, shifokorlar bilan suhbatlashdi. Shifoxonaning moddiy texnik bazasi, bemorlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Tibbiyot vakillarining mehnat faoliyatini rag‘batlantirish, ishlash tartibida samaradorlikka erishishga qaratilgan takliflarini berdi.
– Darddan azob chekayotgan bemorlar uchun shifokordan yaqin inson bo‘lmasa kerak, – deydi nomzod Bahrom Abduhalimov.–Ularning samarali muolajasi, samimiyati, shirin so‘zi ularning hayotga bo‘lgan umidini beradi. Shifokorlar nafaqat dori-darmon bilan balki, so‘z bilan ham davolaydilar. Shu jihatdan olib qaralsa, shifoxonada ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash muhim vazifalarimizdan biri bo‘lmog‘i kerak.

Shuningdek, nomzod Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida yoshlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. bugungi kunda axborot texnologiyalarini hayotga tadbiq etish muhim ekanligi alohida qayd etildi.
M. Sulaymonov,
M. Qodirov (surat), O‘zA