Bahorgi dala yumushlari muhokama etildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uchyog‘och namunasi” fermer xo‘jaligida g‘alla parvarishi hamda dala chetlariga tut, uzum, terak ko‘chatlari o‘tqazish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari A. Hakimov, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i A. Abdusalomov boshchiligidagi ishchi guruhi, tuman hokimi, qishloq xo‘jaligi faxriylari, soha vakillari va fermerlar ishtirok etdi.
[gallery-10781]
Joriy yil hosili uchun g‘alla parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, dala chetlariga tut, uzum, terak ko‘chatlari va oshqovoq urug‘i ekish hamda har bir fermer xo‘jaligida asalari boqishni tashkil etish, ekinlarda kasallik, zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha qator vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.
Ta’kidlash joiz, 2023 yil tumanda 9082 gektar maydonda paxta, 6750 gektar maydonda g‘alla ekini yetishtirilishi rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA