BAA va Isroil munosabatlari yaxshilanmoqda
Isroil hukumati arab mamlakatlari bilan munosabatlarni yaxshilash uchun muzokaralarga kirishadi, dedi mazkur mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.
Isroil hukumati arab mamlakatlari bilan munosabatlarni yaxshilash uchun muzokaralarga kirishadi, dedi mazkur mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.
“INTERFAX.RU” xabarida aytilishicha, arab davlatlari rahbarlari bilan juda koʻplab muzokaralar olib borilmoqda, bularning barchasi haqida ham xabar qilinayotgani yoʻq, dedi Netanyaxu.
Avvalroq, Isroil va Birlashgan Arab Amirliklarining ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilashga qaror qilgani maʼlum qilingandi.
Shu tariqa BAA arab mamlakatlari ichida Misr va Iordaniyadan keyin Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga kirishgan uchinchi davlat boʻldi.