BAA tibbiy bozorida monopoliya tugatildi
Birlashgan Arab Amirliklari Dori vositalari muassasasi mamlakatda sotiladigan har qanday tibbiy mahsulot uchun farmatsevtika kompaniyalari bir emas, bir necha vakolatli xodim tayinlash shartini joriy etdi. Ushbu yangi tartib 2024-yil qabul qilingan tibbiy mahsulotlar to‘g‘risidagi federal qonunga asoslanadi va dori ta’minotidagi yakka hokimlikka chek qo‘yishni nazarda tutadi. Bu haqda hamkorimiz WAM yozgan.
Qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’minot uzilishining oldini olish, favqulodda holatda bozor barqarorligini saqlash va bemorlar uchun dori-darmon uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash. Shuningdek, mazkur mexanizm tarqatish tarmog‘ini takomillashtiradi, logistika samaradorligini oshiradi va raqobat muhitini kuchaytiradi.
Muassasa raisi Said bin Muborak Al-Hojariy bu qadam milliy farmatsevtika tizimini mustahkamlash, ta’minot zanjirini mustahkamlash va sog‘liqni saqlash xavfsizligini ta’minlashga qaratilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qoida investitsiyaviy jozibadorlikni oshirib, mamlakatga global kompaniyalarni jalb qiladi.
Rasmiylar ta’kidlashicha, ilg‘or infratuzilma va zamonaviy me’yoriy baza mahalliy hamda innovatsion dori ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Bu esa mamlakatning mintaqaviy va xalqaro farmatsevtika markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Musulmon Ziyo, O‘zA