Azizbek polvon Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Chempionatning ikkinchi kuni ham delegatsiyamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni yana bittaga oshdi. O‘smirlar o‘rtasida -60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Azizbek Dadajonov so‘nggi natijasi bilan shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Hamyurtimiz siltab ko‘tarish mashqida 134 kilogramm natija qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati hamda «Markaziy Osiyo ochiq chempionati»ning ilk kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi «Markaziy Osiyo ochiq chempionati»da jami 10 ta medal, Osiyo chempionatida esa 1 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA