Azimov Abdixamidullo Xolmanovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Sidni Sheldonning «Orziqib kutaman ertani» asaridagi lingvomadaniy birliklar tadqiqi (ruscha va o‘zbekcha tarjimalari misolida)» mavzusida
Azimov Abdixamidullo Xolmanovichning 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha «Sidni Sheldonning «Orziqib kutaman ertani» asaridagi lingvomadaniy birliklar tadqiqi (ruscha va o‘zbekcha tarjimalari misolida)» mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi davlat universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 10-noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180119, Qarshi, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy, QarshiDU Тиллар fakulteti, 3-qavat 310-auditoriya.
Tel.: (+998 75) 221-21-04
ye-mail: kasu_info@yedu.uz