Ayollar tadbirkorligi: xalqaro tajriba va yangi imkoniyatlar
Toshkentda O‘zbekistonning turli hududlaridan maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 30 nafar tadbirkor ayol ishtirokida ikki kunlik o‘quv dasturi boshlandi. Tadbirda biznesni raqamlashtirish, moliyaviy boshqaruv va xalqaro tajribani o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Hamroh” ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan tashkil etilgan ushbu ikki kunlik anjuman avvalida ishtirokchilar raqamli texnologiyadan foydalanish, ish jarayonini avtomatlashtirish, byudjetni rejalashtirish va xarajatni maqbullashtirish bo‘yicha amaliy bilimini mustahkamladi. Ikkinchi kun xalqaro ta’lim dasturlari, izlanishga asoslangan o‘qitish usullari hamda xususiy ta’lim muassasalarini boshqarish va kengaytirish yo‘llari o‘rganiladi.
[gallery-31962]
Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad – tadbirkor ayollarning biznes ko‘nikmasini oshirish, tajriba almashish imkoniyatini kengaytirish va xizmat sifatini oshirishga ko‘maklashish. Ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi “Hamroh” kompaniyasi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan.
Musulmon Ziyo, Oybek Pardayev (surat), O‘zA