Ayol jasorat va buyuklik timsoli (+video)
Ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki. Ayollar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning esa buguni va ertasi farovon. Chunki ayol mehnati bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda erkaklar va xotin-qizlarga teng huquq va imkoniyatlarni yaratish, gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan huquqiy asoslar mustahkamlandi. Yurtimizda ayol rahbarlar — vazirlar, hokimlar, ishlab chiqarish birlashmalari, bank va kompaniyalar raislari, huquq-tartibot idoralarida, Qurolli Kuchlarimiz tarkibida mas’ul vazifalarda xizmat qilayotgan opa-singillarimiz soni ortib bormoqda.
Xotin-qizlar ham zimmalaridagi mas’uliyatni to‘liq his etib, qaysi sohada bo‘lmasin, samarali mehnat qilib, yurt ravnaqi, xalq farovonligiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Xabaringiz bor, rasmiy tashrif va davlat tadbirlarida ayollarning ham faxriy qorovullar qatorida birdek saf tortib turishibdi. Har safar harbiy sohada erkaklar bilan teng ishlayotgan xotin-qizlarni ko‘rganimizda o‘zgacha g‘ururni his etamiz.
Tanishing bugungi qahramonimiz O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya faxriy qorovul bataloni ofitseri Umida Matyoqubova.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/c2SbnZgKGzQ" title="Ayol jasorat va buyuklik timsoli" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov O‘zA