Axmadaliyeva Zebo Abduxalimovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Tadbirkorlik sub’ektlarida biologik aktivlar buxgalteriya hisobini takomillashtirish” mavzusida
Axmadaliyeva Zebo Abduxalimovnaning 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha “Tadbirkorlik sub’ektlarida biologik aktivlar buxgalteriya hisobini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.19.05 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 12-sentabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150109, Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi, 86-uy. Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Tel.: (99873) 241-12-01
e-mail: info@fstu.uz