Axborot xizmati rahbarlari malaka oshirdi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida so‘nggi 5 yil ichida mamlakatimiz aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77 foizdan oshdi. 2017-2023 yillar mobaynida jami 5 870 ta ob’ektda qurilish ishlari olib borilib, 31 837,5 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortildi va rekonstruksiya qilindi. Ushbu ishlar natijasida 11,8 million aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanib, 6,6 million aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
2023 yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining 2,4 milliard dollar mablag‘i hisobidan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari ko‘rsatish sohasida 25 ta loyihani amalga oshirish ishlari olib borildi.
Amalga oshirilayotgan loyihalar uchun jalb etilgan mablag‘larning 1,3 milliard dollari ichimlik suvi tizimini, qolgan 1,1 million dollari oqova suv tizimini yaxshilashga yo‘naltirilmoqda.
“O‘zsuvta’minot”AJ tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi jadal davom ettirilmoqda.
[gallery-15698]
Soha xodimlari zimmasidagi asosiy vazifalardan yana biri aholini sifatli va uzluksiz tarzda ichimlik suvi bilan ta’minlash bilan birga uning ortiqcha sarfini kamaytirish, iste’mol madaniyatini yuksaltirish, to‘lov intizomini yaxshilash, debitor qarzdorlikni qisqartirishga ham e’tibor qaratilgan.
Bu borada aholi orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etishda “O‘zsuvta’minot”AJ axborot xizmati xodimlarining tajribasi muhim o‘rin egallaydi.
Bugungi kunda “O‘zsuvta’minot”AJ axborot xizmatining har bir hududdagi suv ta’minoti korxonalarida matbuot kotibi faoliyat yuritadi. Ular tizimdagi o‘zgarishlar, yangiliklar, joriy etilgan qarorlarni hudud miqyosida yoritib boradi.
“O‘zsuvta’minot”AJ mazkur sohadagi kadrlar malakasini oshirish maqsadida axborot xizmati rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etdi.
Ishtirokchilar mutasaddi tashkilotlardan taklif etilgan vakillarning jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlashda muomala madaniyatini o‘stirish, , axborot siyosatini yuritishda rasmiy munosabat va rasmiy bayonot berish tartibi, axborot xizmatlariga yuklatiladigan qo‘shimcha vazifalar, sohada gender tenglik hamda uni yoritish masalalari, ochiqlik siyosatini yuritish qoidalariga doir mavzularda ma’ruzalar tingladi. Shuningdek, rasmiy saytga ochiq ma’lumotlarni joylash tartibi va sayt bilan ishlash ko‘nikmalarini boyitish borasida o‘quv- amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, “O‘zsuvta’minot”AJ axborot xizmati rahbarlari va xodimlari uchun o‘quv- seminar davomida media-tadbirlar o‘tkazish, “Toshkent shahar suv ta’minoti”AJga qarashli Chilonzor suv tarqatish inshooti bilan tanishish, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ekskursiya tashkil etildi.
Nilufar Bozorova,
Oybek Pardayev (surat),
O‘zA muxbirlari