Axborot hamkorlarimiz nigohida – Yangi Özbekiston
Mazkur ruknda ÖzAning xorijiy hamkorlari sahifalarida eʼlon qilinayotgan Yangi Özbekistonga oid xabar, kuzatuv va baholar berib boriladi. Ularda mamlakatimizning madaniy merosni asraş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, davlat boşqaruvini takomillaştiriş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorligi aks etadi.
APP: YUNESKO Özbekiston taşabbusini bir ovozdan maʼqulladi

Pokistonning “Associated Press of Pakistan” agentligi YUNESKO Ijroiya kengaşi Özbekiston tomonidan ilgari surilgan madaniy merosni globallaşuv va iqlim özgarişi şaroitida asraş samaradorligini oşirişga qaratilgan qaror loyihasini bir ovozdan maʼqullagani haqida xabar berdi.
Mazkur taşabbus Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan ötgan yilning 30-oktabr kuni Samarqandda ötgan YUNESKO Boş konferensiyasi 43-sessiyasining oçilişida bayon etilgan edi. Qabul qilingan hujjat madaniy meros obʼektlarini iqlim özgarişi, tabiiy ofatlar, jadal urbanizatsiya va ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalar taʼsiridan himoya qiliş böyiça xalqaro hamkorlikni kuçaytirişni nazarda tutadi.
Qaror doirasida, şuningdek, 2027-yilda Xiva şahrida YUNESKO bilan hamkorlikda madaniy merosni asraş masalalariga bağişlangan xalqaro simpozium ötkaziş taklifi ham maʼqullangan. Özbekistonning uşbu taşabbusini taşkilotga aʼzo 54 ta davlat töliq qöllab-quvvatlagan.
“Anadolu”: Özbekiston Markaziy Osiyodagi investitsiya va işlab çiqariş markaziga aylanişi mumkin

Turkiyaning “Anadolu” agentligi OYAK investitsiya guruhining Özbekistondagi loyihasi orqali Markaziy Osiyo bozorida mintaqaviy yetakçilikka erişiş rejalari haqida maqola eʼlon qildi.
Unda Toşkentdagi Özbekiston – Turkiya sanoat zonasida 100 gektar maydonda “Hektas Asia LLC” korxonasini işga tuşiriş rejalaştirilayotgani qayd etilgan. 2027-yilda faoliyatini boşlaşi möljallangan korxonada yuqori texnologiyali agrokimyo va ösimliklarni himoya qiliş vositalari işlab çiqariladi. Loyiha Turkiya, Özbekiston va Ömon sarmoyasini birlaştirişi bilan ham ahamiyatli.
OYAK boş direktori Murat Yalçintaşning taʼkidlaşiça, korxona mahalliy işlab çiqariş salohiyatini oşiriş, mintaqaviy oziq-ovqat taʼminoti xavfsizligiga hissa qöşiş va Özbekistonning Markaziy Osiyo bozorlariga eksport markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
“Azertaj”: Davlat idoralari jamiyat va atrof-muhit oldida ham masʼuldir

Ozarbayjonning “Azertaj” axborot agentligi Özbekiston adliya vaziri örinbosari Nöʼmon Muhammadiyevning davlat boşqaruvida jamoatçilik manfaati va ekologik masʼuliyat masalaciga oid fikrlarini eʼlon qildi.
Uning taʼkidlaşiça, zamonaviy davlat idoralari nafaqat sifatli xizmat körsatişi, balki jamiyat va atrof-muhit oldida ham masʼuliyatni his qilişi kerak. Davlat boşqaruvining asosiy mezoni tayyorlangan hujjatlar soni emas, balki byurokratik tösiqlarni kamaytiriş va davlat bilan fuqaro örtasida işonçli munosabatlarni şakllantirişdan iborat.
“ANSA”: Italiya va Özbekiston suv resurslari böyiça ilmiy hamkorlikni kengaytirmoqda

Italiyaning “ANSA” axborot agentligi Padua universiteti delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi va suv resurslari, iqlim özgarişi hamda qişloq xöjaligi sohalaridagi ilmiy hamkorlik istiqbollari haqida maqola eʼlon qildi.
Taşrif doirasida Italiyaning Padua universiteti hamda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari milliy tadqiqot universiteti vakillari örtasida uçraşuvlar bölib ötdi. Muzokaralarda qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş, taʼlim va akademik almaşinuvni rivojlantiriş, şuningdek, suv tanqisligi, tuproq yemirilişi va iqlim muammolariga qarşi birgalikda kuraşiş masalalari atrofliça muhokama qilingan.
BTA: Özbekistonlik talabalar Moskvadagi xalqaro kosmik öyinlarda iştirok etdi

Bolgariyaning BTA axborot agentligi özbekistonlik talabalar Moskvada ilk bor ötkazilgan “ORBIT 2026” xalqaro kosmik öyinlarida ilmiy-injenerlik loyihasini taqdim etgani haqida xabar berdi.
Moskvadagi “Skolkovo” innovatsiya markazida ötkazilgan tadbirda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining “TIIAME ORBIT” jamoasi qatnaşgan. Yoş tadqiqotçilar kosmik biologiya va muhandislik yönalişlaridagi işlanmalarini namoyiş etgan.
Musobaqalar davomida iştirokçilar tirik organizmlarning ekstremal şaroitga moslaşuvini örganiş, avtonom hayotni taʼminlaş tizimlari va Marsga şartli ekspeditsiyani muhandislik jihatidan taʼminlaşga oid vazifalarni bajargan.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA