Avtoturargohlar muammosi
So‘nggi yillarda yangi turarjoylar ko‘paygani sari parkovka masalasi ham keskinlashib bormoqda. Ko‘plab yangi uylar avtoturargohsiz foydalanishga topshirilmoqda. Oqibatda, haydovchilar mashinalarini bolalar maydonchalarida, yo‘laklarda qoldirib ketmoqda. Buning ortidan tez yordam yoki o‘t o‘chirish xizmati yo‘li to‘sib qo‘yilgani holati ham kuzatilmoqda.
2024-yilga kelib Toshkentda yirik avtoturargohlar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, hozircha bu muammo hal etilmagan. Videoda amaldagi qonunchilik, quruvchilarning majburiyatlari, davlat nazorati va xavfsizlikka tahdidlar haqida gaplashamiz.
Shuningdek, xalqaro tajribaga asoslanib urbanist mutaxassis bilan O‘zbekistonga mos yechimlarni muhokama qilamiz.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/gW6reKhAJGE?si=3T6hTM5CPSMkkPTo" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Iroda Jo‘rayeva, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA