Avtosprortchilarimiz "Asia Auto Gymkhana Championship 2026"da g‘oliblikni tantana qildi
Poytaxtimiz Toshkentda 8 ta davlatning 32 nafar mahoratli avto sportchilari ishtirokida o‘tkazilgan "Asia Auto Gymkhana Championship 2026" musobaqasining ikkinchi bosqich musobaqalari yakunlandi.
Musobaqaning barcha yo‘nalishlaridagi bahslar “Chevrolet Onix” avtomobillarida o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun teng texnik sharoit yaratilganligi poygalarning murosasiz kechishini ta’minladi.
"Asia Auto Gymkhana Championship 2026" musobaqasining ikkinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Otabek Madaliyev erkaklar o‘rtasida 2-o‘rinni, Saminaxon Ahmadjonova ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni, Sabina Yusupova esa 3-o‘rinni egalladi.

Juftlik bahslarida o‘zbekistonlik poygachilar muvaffaqiyatli qatnashib, erkaklar juftligida 3-o‘rin, ayollar juftligida va aralash juftlik musobaqalarida hamyurtlarimiz 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro musobaqa yakunida O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy hisobda eng ko‘p ochko jamg‘arib, 1-o‘ringa ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, "Asia Auto Gymkhana Championship 2026" musobaqasining uchinchi bosqichi Gongkongda bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA