Avtosportchilar O‘zbekiston chempionatida bahslashdi
Poytaxtimiz Toshkentda avtomabil sportining bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 4-bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning barcha hududlaridan mahoratli avto sportchilar ishtirok etgan chempionatning karting-slalom yo‘nalishidagi shiddatli bahslarda trassaga chiqib, tezlik, aniqlik va kartingni ishonchli boshqarish mahoratini namoyish etganlar sovrinli o‘rinlarni band etdi.
Xususan, o‘smirlar o‘rtasida Anvar Mahmudov g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Arseniy Glova va Iskandar Abdumajitov sovrindor bo‘ldi.
Chempionatning kattalar o‘rtasidagi poygalarda Kamoliddin Najmiddinov, Mixail Kutuzov, Nikolay Girda karting bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining sovrinli o‘rinlariga ega chiqdi.
O‘zbekiston chempionati 4-bosqichidagi avtoslalom musobaqalarida erkaklar va ayollar o‘rtasida Dilshod Yusupov va Samina Ahmadjonova oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Alim Ahmadjonov, Sardor Toshxojayev, Sabina Yusupova va Oksana Glova sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA