Avtomatlashtirilgan tizim ishga tushdi
Barcha tizimda bo‘lgani kabi gaz ta’minotida ham raqamlashtirish texnologiyasi yaxshi samara bermoqda. Xususan, hududlardagi mahallalarda avtomatlashtirilgan mahalla iste’mol nazorat balansi joriy qilinmoqda. Endi Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Dehcha” mahallasida ham gaz ta’minoti inson omilisiz, bir me’yorlarda yetkazib beriladi.
Mahallada “Hududgazta’minot” AJ xodimlari tomonidan hudud faollari, mahalla yettiligi, tuman hokimligi, prokuratura, ichki ishlar, tuman gaz ta’minoti xodimlari va boshqa mas’ullarga loyiha maqsadi hamda kutilayotgan natijalari haqida tushuntirildi. Shuningdek, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz ta’minotini bir joydan elektron tartibda, ya’ni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida olib borilishi aytildi.



– Avtomatlashtirilgan mahalla iste’mol nazorat balansi tizimini ishga tushirishdan asosiy maqsad yillik gaz yo‘qotishlarning oldini olish, qolaversa, iste’molchilarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz ta’minotini yanada yaxshilashdan iborat, – deydi gaz ta’minoti filiali direktorning birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Avezov. – Shuningdek, aholi xonadonlaridagi eskirgan gaz jihozlarini yangisiga almashtirish orqali tabiiy gazni bir necha barobarga iqtisod qilishdir.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri