Avstriya afg‘onistonlik qochoqlarni qabul qilmaydi
Kansler Sebastyan Kursning “Puls 24» kanali efirida ma’lum qilishicha, ayni paytda mamlakatda 40 mingdan ortiq afg‘onistonlik yashayotgani shunday qarorga kelishga asos bo‘lgan.
«Men o‘z ixtiyorimiz bilan afg‘on qochoqlarining qabul qilishimizga qarshiman. Men kansler ekanman, bunday bo‘lmaydi», dedi u. Avstriya yetakchisining fikricha, «bundan ko‘ra, Afg‘onistonning o‘zidagi mazlum odamlar, ayniqsa, ayollarga ko‘mak berish afzal».