Avstraliya terma jamoasi mundialda ishtirok etuvchi futbolchilardan iborat yakuniy qaydnomasini taqdim etdi
Avstraliya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Turkiya, AQSh va Paragvay bilan bahs olib boradi.
Avstraliya terma jamoasi X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi jahon chempionati uchun futbolchilar tarkibini e’lon qildi.
Tarkibdan quyidagi futbolchilar joy olgan:
Darvozabonlar: Patrik Bich ("Melburn Siti"), Pol Itsso ("Ranners"), Metyu Rayan ("Levante").
Himoyachilar: Aziz Behich ("Melburn Siti"), Jordan Bos ("Feyenoord"), Kemeron Burges ("Suonsi Siti"), Alessandro Chirkati ("Parma"), Milosh Degenek ("APOEL"), Jeyson Jeriya ("Albireks Nigata"), Lukas Xerrington ("Kolorado Rapids"), Jeykob Italiano (GAK), Garri Suttar ("Lester"), Kay Trevin ("Nyu-York Siti").
Yarim himoyachilar: Kemeron Devlin ("Xarts"), Aydin Xrustich ("Gerakles"), Jekson Irvin ("Sent-Pauli"), Konnor Metkalf ("Sent-Pauli"), Pol Okon-Engstler ("Sidney"), Eyden O‘Nil ("Nyu-York Siti").
Hujumchilar: Nestori Irankunda ("Uotford"), Metyu Leki ("Melburn Siti"), Aver Mabil ("Eltam"), Mohamed Ture ("Norvich"), Nishon Velupillay ("Melburn Viktori"), Kristian Volpato ("Sassulo"), Tete Yangi ("Matida Zelviya").
Avstraliya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Turkiya, AQSh va Paragvay bilan bahs olib boradi.