Aviatsiya sohasida sog‘lom raqobat kerak!
Bugun O‘zbekistonda aviatsiya sohasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga ehtiyoj katta.
Bugun O‘zbekistonda aviatsiya sohasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga ehtiyoj katta. Tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish ham ayni zarurat. Joylarda logistikani yanada yaxshilash masalasi kun tartibida turibdi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga xorijiy aviakompaniyalar parvozlarining yo‘lga qo‘yilishi sohada sog‘lom raqobatni kuchaytirishi tayin. Mamlakatimizdagi xalqaro aeroportlar boshqaruviga xorijiy kompaniyalarni jalb qilmay turib bunga erishish esa qiyin. Ammo buning uchun o‘ziga xos maydon kerak.
Joriy yil 19-20 fevral kunlari “UZBEKISTAN AIRPORTS, AVIATION & LOGiýTICS FORUM” xalqaro aviatsiya forumi o‘tkazilishi belgilangan.
Forum doirasida respublikamizdagi xalqapo aeroportlarning salohiyati to‘g‘risida hamda sohadagi investitsiya loyihalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, anjuman dasturidan boshqa qiziqarli tadbirlar o‘rin olishi ham kutilyapti.