“Australian Open”: dastlabki gʻolib nomi maʼlum
Avstraliyalik Samanta Stosur va xitoylik Jan Shuay “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining juftlik bahslarida bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.
Avstraliyalik Samanta Stosur va xitoylik Jan Shuay “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining juftlik bahslarida bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.
Samanta va Jan musobaqaning soʻnggi hal qiluvchi bahsida vengriyalik Timea Babosh va fransiyalik Kristina Mladenovichni 6:3, 6:4 hisobida taslim qildi.
Melburnda qozonilgan bu gʻalaba Stosur va Shuay uchun 750,000 AQSH dollari va 2000 reyting ochkosini olib keldi.