Asossiz qarzlar qaerdan kelib chiqmoqda?
Ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilarga asossiz qarzdorlik hisoblayotganliklari va to‘lashni talab qilayotganliklari haqida ko‘plab xabarlar yoritilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilarga asossiz qarzdorlik hisoblayotganliklari va to‘lashni talab qilayotganliklari haqida ko‘plab xabarlar yoritilmoqda.
Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan asossiz hisoblangan jami 2543 ta noreal qarzdorliklar PK “Elektrhisob” va “Billinggaz” dasturidan chiqarilishi ta’minlandi va iste’molchilarning huquqlari tiklandi.
Xususan, Qo‘qon shahar, A.Yassaviy ko‘chasi, 36-xonadonda yashovchi fuqaro A.Ablyakimova elektr energiyasidan 16 mln. 965 ming so‘m asossiz hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limiga murojaat qilgan.
Bo‘lim tomonidan Qo‘qon shahar elektr ta’minoti korxonasi PK “Elektrhisob” dasturiga muqaddam asossiz ravishda 16 mln. 965 ming so‘m miqdorida qarzdorlik kiritib qo‘yilganligi aniqlangan va mazkur qarzdorlik dasturdan chiqarilgan.
Qo‘qon shahar, Guliston ko‘chasi 24-uyda yashovchi fuqaro O.Alievdan Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi davlat inspektori 23 mln. so‘m qarzdorlikni o‘rganganida elektrni hisobga olish pribori bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligini aniqlagan. Shu tariqa bu haqda bo‘lim rahbariyatiga xabar bergan.
Iste’molchi O.Aliev va mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshirishda 23 mln. 311 ming so‘m qarzdorlik mutlaqo asossiz ekanligi aniqlangan va hisobdan chiqarilgan.
Fuqaro O.Alievni bir necha yillardan buyon qiynab kelayotgan mazkur muammo Byuro xodimlari tomonidan bir necha kun ichida hal qilib berilganidan minnatdorligini ma’lum qildi.
Shuningdek, fuqaro M.Ro‘zievga 12 mln. 96,2 ming so‘m, Z.Axunovaga 10 mln. 720,2 ming so‘m, M.Muxtorovaga 9 mln. 59,7 ming so‘m, K.Dehqonboevga 11 mln. 424,6 ming so‘m asossiz hisoblangan qarzdorliklar ham hisobdan chiqarilgan.