Askarlar harbiy amaliy ko‘pkurash bo‘yicha bellashdi
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Marhamat tuman o‘quv sport texnika klubida Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qism askarlari o‘rtasida harbiy amaliy ko‘pkurash bo‘yicha tuman ochiq birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Harbiy qism askarlarining muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar turnikka tortilish, 100 metr masofaga hamda 3 kilometrga yugurish shartlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashdi.
[gallery-3450]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, oddiy askar Bobur To‘raqulov musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Oddiy askarlar Ibratbek Yaxshimov va Ilhom Qutlimurodov ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA