Armanistonda yangi prezident saylandi
Bugun Armaniston parlamenti ovoz berish jarayonlarining ikkinchi turida yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Vaagn Xachatryanni respublika prezidenti etib sayladi. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar berdi.
Armaniston Konstitutsiyasiga ko‘ra, ikkinchi turda prezident lavozimiga saylanish uchun jami 107 nafar deputatning kamida beshdan uch qismi ovoz berishi kerak. Vaagn Xachatryan nomzodiga esa 71 nafar deputat ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni sobiq prezident Armen Sarkisyan iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi. Parlament 1 fevral kuni uning qarorini tasdiqlagan. Armen Sarkisyan davlat rahbarligidan ketayotganini mamlakat ichki va tashqi siyosati masalalariga ta’sir o‘tkaza olmayotgani bilan izohlagan.