Armaniston va Turkiya: aloqalar tiklanmoqda
Armaniston va Turkiyaning o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakillari juma kuni Venada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda uchinchi davlat fuqarolari uchun chegarani ochishga kelishib oldilar.
Armaniston TIV ma’lumotiga ko‘ra, Armaniston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha maxsus vakillar Ruben Rubinyan va Serdar Kilychning to‘rtinchi uchrashuvi Venada bo‘lib o‘tdi.
Ikki davlat rasmiy vakillari Armaniston va Turkiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo yuk tashishlarini imkon qadar tezroq boshlashga kelishib oldilar.
«Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni to‘liq tartibga solish bo‘yicha yakuniy maqsadga erishish uchun bo‘lgan muhim istiqbolli masalalar muhokama qilindi. Tomonlar kelishuv jarayonini dastlabki shartlarsiz davom ettirishga kelishib olganliklarini yana bir bor ta’kidladilar», — dedi Armaniston TIV.
Armaniston va Turkiya o‘rtasida diplomatik aloqalar 1993 yilda Qorabog‘ mojarosi tufayli tugatilgan edi. 14 yanvar kuni Moskvada Armaniston va Turkiyaning munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha maxsus vakillari Rubinyan va Turkiyaning AQSHdagi sobiq elchisi Qilichning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.