“Ardus” – O‘zbekiston kubogi sohibi
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuida mini futbol bo‘yicha XX O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuida mini futbol bo‘yicha XX O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Toshkentning “Ardus” hamda Olmaliqning “Olmaliq” jamoalari bosh sovrin uchun maydonga tushdi. Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda “Ardus” 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.