Arda Gyuler Turkiya tarixida rekord o‘rnatdi
Yarim himoyachi JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida AQSh milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvning 10-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Arda Gyuler JCH–2026da gol urgan Turkiya tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
Yarim himoyachi JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida AQSh milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvning 10-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, Gyuler 21 yosh-u 120 kunligida jahon chempionatida gol urgan eng yosh turkiyalik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Avvalgi rekord Emre Belezo‘g‘liga tegishli bo‘lib, u mundialda 21 yosh-u 275 kunligida gol urgandi.
Guruhning so‘nggi turi oldidan AQSh terma jamoasi 6 ochko bilan pley-off yo‘llanmasini muddatidan avval hal qilgan edi. Turkiya milliy terma jamoasi esa dastlabki ikki turdan keyin ochkosiz holda guruhning so‘nggi pog‘onasida borayotgandi.