Aqto‘ti Raimqulova: Buyuk o‘tmish va bunyodkorlik ruhi O‘zbekistonni yangi marralar sari yetaklasin!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Istiqlolimizning 35 yilligi bayrami munosabati bilan Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti, professor Aqto‘ti Raimqulova o‘z tabrigini izhor etdi.
– O‘zbekiston turkiy dunyo uchun ulkan tarixiy va madaniy ahamiyatga ega mamlakat. Bu zaminda turkiy xalqlarning ko‘p asrlik tarixi, boy ma’naviy merosi va noyob madaniy an’analari mujassam.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Alisher Navoiyning o‘lmas satrlari, Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosi, qolaversa, o‘zbek xalqining bebaho an’analari – bularning barchasi nafaqat yurtingizning milliy boyligi, balki umumiy tarixiy xotiramizning qimmatli bir qismidir.
Yangi O‘zbekiston chuqur tarixiy ildizlari va boy madaniy o‘ziga xosligini asrab-avaylagan holda, kelajakka ishonch bilan qadam tashlayotgani, bunyodkorlik, taraqqiyot va xalqaro hamkorlikning yangi ufqlarini ochayotgani, ayniqsa, tahsinga sazovor.
Men uchun xalqlarimizni birlashtirib turadigan samimiy do‘stlik va qardoshlik rishtalari alohida qadrlidir. Bizni mushtarak tarixdan ham ko‘ra ko‘proq jihatlar birlashtirib turadi: madaniyat va an’analarimiz yaqinligi, ma’naviy mushtarakligimiz, o‘zaro hurmat va yagona Turkiy dunyoga mansublik tuyg‘usi shular jumlasidandir. Biz ana shu bebaho merosni birgalikda asrab-avaylash, uni yanada boyitish va kelajak avlodlarga yetkazishga mas’ulmiz.
Ushbu ulug‘ ayyomda qardosh o‘zbek xalqiga tinchlik-xotirjamlik, farovonlik, hamjihatlik va ulkan zafarlar tilayman. Buyuk o‘tmishning donoligi bugungi kunga ilhom bag‘ishlab, xalqning iste’dodi, bunyodkorlik salohiyati va Vatanga bo‘lgan chin muhabbati O‘zbekistonni yangi marralar sari yetaklasin!
O‘.ALIMOV, O‘zA