Aqtauda miting ishtirokchilari tarqala boshladi
Qozog‘istonning Aqtau shahrida namoyishga chiqqan olomon asta-sekin tarqalmoqda. Bu haqda Sputnik Kazaxstan yozgan.
«Intimaq» markaziy maydonidada to‘plangan odamlar o‘rnatilgan o‘tovlarni yig‘ishtirib, temir tirgak va ustunlar, gilam va boshqa zarur buyumlarni o‘zlari bilan olib ketishyapti” deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, namoyishchilar nutq uchun sahna sifatida foydalanilgan o‘g‘iz pardali yuk mashinasini ham markaziy ko‘cha o‘rtasidan haydab ketishdi. Maydonda qolgan 50-60 kishidan uch nafari odamlarni oxirigacha turishga undamoqda.
Juma kuni mamlakat g‘arbidagi Aqtau shahrida hamon aksiya ishtirokchilari borligi, maydonga ikkita o‘tov o‘rnatilgani xabar qilingan edi.
BMT ma’lumotida namoyishlar chog‘i jami mingga yaqin fuqaro jarohatlangan. Respublika ichki ishlar vazirligi e’tirofiga ko‘ra, 18 nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘lgan.