AQSHning sobiq vitse-prezidenti vafot etdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq vitse-prezidenti Uolter Mondeyl 93 yoshida Minneapolisda vafot etdi. Bu haqda uning oilasi ma’lum qilgan.
Uolter Mondeyl o‘tgan asr oxirida AQSH vitse-prezidenti lavozimiga saylangan edi. Biroq, u 1984 yilgi prezidentlik saylovida Ronald Reyganga imkoniyatni boy bergan.
AQSHning 39-prezidenti Jimmi Karter marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Prezident Jo Bayden esa Uolter Mondeylni millat fidoyisi, vatanparvar inson va aziz ustoz, deya e’tirof etgan.